Samarqandda "Zamonaviy raqslar" tanlovi o'tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatrida viloyatning yakkaxon va jamoaviy raqs guruhlari ishtirokida “Zamonaviy raqslar” tanlovi o'tkazildi.

Ilk marotaba o‘tkazilgan tanlovda “Street-dance” – ko‘cha raqsi, “Freestyle” – erkin uslub, “Hip-hop”, “DanceHall”, “Popping” va “B-Boying” yo‘nalishlarida yakkaxon va 20 dan ziyod raqs jamoalari o‘z dasturlari bilan ishtirok etdi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

–Raqslar tanlovning mukammal tashkiliy va badiiy jihatlari, rang-barangligi, yuksak saviyasi bizda katta taassurot uyg‘otdi, – deydi hakamlar hay’ati raisi Avzal Ganiyev. – Biz xalqimizning san’atni yuksak qadrlashiga guvoh bo‘ldik. Yaratilgan shart-sharoitlar O‘zbekiston farzandlarining har tomonlama barkamol ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

– Barcha ijodiy jamoaning mazkur tanlovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgani yaqqol sezilib turibdi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i Denis Kim, – Qolaversa, mazkur ijodiy tanlov yoshlarning zamonaviy raqs turlariga qiziqishi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.

Barcha qatnashchilar tomonidan tayyorlangan dasturlar hakamlar e’tiboriga havola etildi. 22 nafardan ortiq ijrochi “Street Art” raqslarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Va nihoyat, eng yaxshi ijro sohibi deb topilgan Albert Petrsyan va “Inverx” jamoasi g'olib deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘z sohasini ustalari tomonidan o‘tkazilgan mahorat saboqlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.