OTMlarga o‘qishga tavsiya etilgan yoshlar uchun o‘quv-seminar boshlandi!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-sonli qarori imzolangan edi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Qaror asosida, Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan OTMga davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilgan 14 nafar tashkilot faoli haqida ma’lumot bergan edik.

Bugun OTMlarga o‘qishga tavsiya etilgan yoshlar uchun 4-6-iyun kunlari bo'lib o'tadigan o‘quv-seminarga start berildi!

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Erta tongdan saralangan yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida jam bo‘lishdi.

Dastavval, Markaziy Kengashning mas’ul mutaxassisi yoshlarni faol va fidoyiliklari evaziga qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi hamda bu ishonchni oqlash uchun o‘qib-izlanishlari, oliy ta’lim muassasalarining eng oldi talabalariga aylanishlari kerakligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, yoshlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan ma’ruzalar boshlandi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Ilk ma’ruza “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida bag‘ishlangan ustuvor vazifalar” deya nomlandi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Kun davomida yoshlar “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimi islohotlari”, shuningdek, “Matematikani rivojlantiruvchi kuchlar va uning boshqa fanlar bilan aloqasi” mavzusidagi ma’ruzalarni tinglashdi va mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Shu bilan bugungi darslar yakunlandi.