Yana bir qadam oldinga tashlandi...

 

Respublika yosh ijodkorlar kengashi yosh tarjimonlar maktabini shakllantirdi!

Da Jen Sheng fikricha, bu e’tibor yurtimizda tarjima ustalarini kamol toptiradi...

Yosh tarjimonlarni birlashtirish va ularning ijodini rag'batlantirish maqsadida yana bir qadam oldinga tashlandi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil qilingan navbatdagi loyiha yosh tarjimonlar uchun bo‘ldi.

2-5-iyun kunlari Bo’stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da bo’lib o‘tayotgan “Yosh tarjimonlar maktabi” az'olarining o'quvi ayni kunlarda qizg'in tus olgan.

O'quvga ingiliz, rus, nemis, arab, turk, va xitoy tillarining malakali mutaxassislari jalb qilindi.

Master-klasslar jarayonida o’zbek tilidagi asarlarning yuqoridagi 6 ta tilda tarjima qilinishi asosiy e'tiborga olindi.

— Men O‘zbekistonning adabiyoti va madaniyati bilan yaxshi tanishman. Mamlakatingizda adabiyotga bo‘lgan qiziqish kuchli ekani maqtovga sazovor. Bu yerga kelib, o’zbek yoshlarining Xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini ko’rib mamnun bo‘ldim. Ishonamanki, badiiy tarjimaga qaratilgan bunday e’tibor yurtingizda tajribali tarjima ustalarini kamol toptiradi, — deydi xitoy tili bo’yicha taklif qilingan mutaxassis Da Jen Sheng.

O'quv davom etmoqda...