"Ta'lim va Mutaxassislik" 19-xalqaro ko'rgazmasi
Sizning karyerangiz uchun muhim boʻlgan “Taʼlim va mutaxassislik” XIX xalqaro koʻrgazmasi yana oʻz ishini boshlaydi.
XIX xalqaro koʻrgazma bu gal yanada boshqacha va yangi koʻrinishda!
- Yurtimiz va xorijdagi oliy oʻquv yurtlari bilan yaqindan tanishishning eng tezkor yoʻli!
- Taʼlim tizimidagi yangiliklardan birinchilardan boʻlib xabardor boʻlish imkoniyati.
Eng muhimi, imtiyoz, ragʻbat va natija!

Aziz yoshlar! Kasb tanlashda kimga va qayerga murojaat qilishni bilmayapsizmi?
Oʻz sohangiz boʻyicha nufuzli tashkilotlarda ishlashni xohlaysizmi?
Bu borada imkoniyatlaringiz yuqori ekanligidan xabardormisiz?
Bu gal birinchi bor “Taʼlim va mutaxassislik” XIX Xalqaro koʻrgazmasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ishtirok etadi.
Yurtimizdagi yirik tadbirkorlik subyektlari va yetakchi oʻquv markazlari ham sizning kelajagingiz uchun oʻz imkoniyatlarini taqdim etadi.
20-21-22 sentyabr kunlari Yoshlar ijod saroyida kutamiz!
Fursatni boy bermang!
Unutmang, bugungi harakat – ertangi ragʻbat demakdir.
- Qo'shildi: 15.09.2018
- Ko'rishlar: 94
- Chop etish