470 nafardan ortiq yosh Mirzocho'lni obod etishda band!
Do'stlar davrasida yeng shimarib, bel bog‘lab mehnat qilishning gashti bor. Bir-biridan ishni qizg‘anib, kimo‘zarga ish qilishning ham zavqi o‘zgacha, albatta. Xalqimiz shungami, hasharni xush ko‘radi.
Ota-bobolar hamjihat bo‘lib uy-joy, mahalla va ariqlar, katta kanallar, yirik inshootlar barpo etishgan. Bu an’ana haligacha bardavom.
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida bo‘layotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga tuman ahli, jamoat tashkilot vakillari va yoshlar ham hissa qo‘shishyapti.
Erta tongdan mirzacho‘lliklar uchun yangidan barpo etilayotgan arzon uylar poydevoriga g‘isht qo‘yildi.
Bu jarayonda 470 nafardan ortiq faol va uyushmagan yosh qatnashdi. 20 dan ortiq otryadda ishlar rejali olib borildi.
Quvonarlisi, qurilish ishlarida qizlar yigitlar bilan bir safda turib, tengma-teng g‘isht terdilar.
Hasharchilar At-Termiziy ko‘chasida ham javlon urib mehnat qildilar. Ko‘cha va xonadonlardagi ortiqcha obyektlar olib tashlanib tartibga keltirildi. Shuningdek, ko‘chalarni asfalt qilish uchun qum va shag‘al yotqizildi.
Hashar ishlari davom etmoqda. Yoshlar esa kutilgandan faol!
- Qo'shildi: 03.05.2018
- Ko'rishlar: 29
- Chop etish


