2013-yilning 21-iyul kuni...

Yoshlar ittifoqi faollari 30 bahorini ko‘rmagan chegarachining mardligi haqida tengdoshlariga so‘zlab berishyapti!

Bu yigit boshqalarga o‘xshamasdi. Zimmasidagi vazifalarga sidqidildan yondashardi.

MXX chegara qo‘shinlari safida xizmat qilgan davrida ham tashabbuskorligi va g‘amxo‘r do‘st ekanligi bilan safdoshlari orasida hurmat qozondi.

Biroq... 2013-yilning 21-iyul kuni. Xizmat vazifasini o‘tayotgan vatanparvar yigitni sizu-bizning oramizdan olib ketdi.

Yo‘q. Bu yigit fidoyilik, mardlik maktabini yaratib ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini daxlsizligini ta’minlashda, shuningdek, jangovor xizmat faoliyatida ko‘rsatgan namunali xizmati uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.

Jonibek Ashirovga o‘xshagan jasur o‘g‘lonlar yodi uchun Navoiyda har yili Xotira turniri bo‘lib o‘tadi. Kasbdoshlar, mahalla ahli, yoshlar tashkiloti doimiy ularning oila a’zolari bilan uchrashib, qahramon yigitlarni o‘stirgan ota-onalarga tashakkur bildirishadi.

To‘g‘ri, Jonibek hozir oramizda yo‘q. Lekin, uning jasorati xalqining qalbida, amalida mangu yashaydi.

Ma’lumot o‘rnida: Jonibek Ashirov 1989-yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2009-2010-yillarda 9229-sonli qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 2010-yildan MXX chegara qo‘shinlari safida shartnoma asosida xizmat qilgan.