Andijon: Bozordagi bolalar dars mashg‘ulotlariga qaytarilib, to'garaklarga jalb qilindi
27-noyabr kuni Buloqboshi tumanida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda tuman IIB bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘quvchi-yoshlarni nazoratsiz qoldirmaslik, turli tipdagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Andijonda ham qator ijobiy siljishlar kuzatilmoqda.

Bu galgi tadbirda bozordagi do‘konlarda ota-onalari bilan darsga qatnashmay, savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi-yoshlar faoliyati o‘rganildi.
Yoshlar ittifoqi xodimlari tomonidan mavjud holatlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, ota-onalarga yetarlicha tushuntirishlar berildi. Bolalar dars mashg‘ulotlariga qaytarildi.
Qolaversa, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buloqboshi tuman Kengashi bolalarni sport maktabidagi bepul to‘garaklarga jalb qildi.
- Qo'shildi: 29.11.2017
- Ko'rishlar: 14
- Chop etish