Avval o'yladik, keyin tingladik, so'ng amalga o'tdik!

Bugun zamon kasallikni davolashni ko'tarmaydi. Kasallikka yo'l ochadigan unsurlardan himoyalanish kerak xolos.

Bugun respublika bo‘ylab Yoshlar ittifoqi va qator tashkilotlar hamkorligida ta’lim muassasalarida “Davomat reytlari” o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyat Kengashi, viloyat IIB, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan reyd ham ta’lim muassasalalari xodimlari, ota-onalar va o‘quvchilarni sergaklantirib qo‘ydi.

Tadbir davomida o'quvchilarning mobil telefonlari nazoratdan o'tkazildi va ma'naviyatga dahl qiluvchi materiallar mavjud bo'lgan telefon egalari bilan alohida suhbatlar tashkil etildi.

Shuningdek, ta'lim muassasalarining o'quvchilar turar joyida ham maxsus nazorat tashkil etilib, o'quvchi-yoshlarning belgilangan paytda yotoqxona binosida ekanliklari nazoratdan o'tkazildi.

O‘zbekistondagi har bir yoshning buguni, taqdiri — shu millatning taqdiri.

Unga befarq bo‘lishga haqqimiz yo‘q.