“Bag‘rikeng O‘zbekiston” yoshlar festivalining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Bag‘rikeng O‘zbekiston” yoshlar festivalining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda festivalning tuman bosqichlarida qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 112 nafar ishtirokchilar qatnashishdi.

Festival doirasida insholar, she’rlar, tasviriy suratlar, fotosuratlar, raqslar kabi bir qator tanlovlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovlarda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyish qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar va yoshlar ittifoqining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Bag‘rikeng O‘zbekiston” festivali turli millat vakillarini O‘zbekiston bag‘rida ulg‘ayish baxtini yana bir bor chin yurakdan his qilishga undadi.