Barakalla!
O‘zbekiston delegatsiyasi Sochida Rossiyada saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish uchun auksion o‘tkazdi.
Avval xabar berganimizdek, delegatsiyamiz Sochida milliy pavilonimizni tashkil etishgandi. Ushbu auksionda aynan pavilonda namoyish etilgan qadimiy va zamonaviy madaniyatimiz namunalari qo‘yildi.
- Biz O‘zbekistondan olib kelgan milliy suvinerlarimizning auksionini tashkil etdik. Mablag‘ni esa xayriya sifatida saratondan aziyat chekayotgan bolalarga tarqatishga qaror qildik, - degan delegatsiyamiz qatnashchisi Aziz Uzoqov Rossiya axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Boshqa davlatlar vakillari ham O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi", deydi Rossiya axborot agentligi.
Аuksionda milliy o'zbek libosi 5000 rubl, yong'oq majmui va quritilgan mevalar 800 rubl, Samarqand plitasi 1500 rublga sotildi. Bundan tashqari, festival davomida O‘zbekiston vakillari o‘z stendlaridan o‘rin olgan boshqa yodgorliklarni ham sotishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, delegatsiyamiz a'zolari Rossiya xayriya jamg‘armasi “Sheredar"ga jami 30 ming rubl saratondan omon qolgan bolalarga yordam berish uchun mablag' yubordi.
Eslatib o‘tamiz, yoshlar va talabalar festivali 14-oktabrdan 22-oktabrgacha Rossiyada o‘tkazildi.
Moskvadagi birinchi kunida xalqaro talabalar karnaval paradini o‘tkazdi va asosiy tadbirlar Sochi olimpiya parkida 15-22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
Forumda 180dan ziyod mamlakatdan kelgan 20 mingga yaqin yoshlar, jamoat tashkilotlari vakillari, o‘qituvchilar, siyosatchilar ishtirok etdi.
- Qo'shildi: 23.10.2017
- Ko'rishlar: 19
- Chop etish