“Baxtli bolalik” loyihasi doirasida nogironlik aravachalari taqdim etildi

Barcha yoshlarni faol hayotga jalb etish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan “Baxtli bolalik” loyihasi Jizzax viloyati yoshlarini ham o‘z atrofiga birlashtirmoqda. Loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moliyaviy ko‘mak berilmoqda, imkoniyati cheklangan yoshlarga qulay sharoit yaratilmoqda.
G‘allaorol tumani Marjonbuloq shahar fuqarolar yig‘inidagi Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi Mavluda Usmonqulova hamda Navro‘z mahallasida yashovchi Zarina Omonova ana shunday g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lishdi. Ularga nogironlik aravachasi, esdalik sovg‘alar va kitob jamlanmalari taqdim etildi.
Mazkur xayriya tadbiri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Yoshlarga quvonch ulashuvchi “Baxtli bolalik” loyihasi davom etadi.
- Qo'shildi: 05.06.2018
- Ko'rishlar: 17
- Chop etish