Beruniy tumani hokimi Otabek Saparbayev yoshlar bilan uchrashuvda “Yoshlar markazi” binosini sentyabr oyida topshirish kerakligini aytdi

 

Uchrashuvda, Beruniy tumani hokimi Otabek Saparbayev, hokim 1-o‘rinbosari I.Matkarimov, yoshlar masalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari A.Xudayberganov, tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbari A.Reyimbayev, tijorat bank rahbarlari, kasb-hunar kollej direktorlari, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va o‘quvchi yoshlar qatnashdi.

Tuman yangi hokimi O.Saparbayev ishni dastlab yoshlarning masalalariga qaratishni va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Beruniy tumani Kengashi faoliyatining samaradorligini oshirishda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’kidladi.

Eng avvalo, “Yoshlar markazi” binosining ta’mirlash ishlarini tezlashtirib, sentabr oyiga qadar bitkazib topshirish kerakligini aytib o‘tdi. Uchrashuvda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va o‘quvchi yoshlar tomonidan bir qancha takliflar bildirildi. Uyushmagan yoshlar bilan ishlashish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmayotgani tanqid ostiga olinib bu borada ham qator takliflar o‘rganildi.

Uchrashuv so‘ngida bu kabi yoshlar takliflarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlani ko‘proq tashkil qilinishi nafaqat uchrashuvlar balkim, debat, master-kalasslar tashkil qilinib tadbirkorlar, fermerlar, psixologlar kabi kerakli mutaxassislarni ham jalb etilishi aytib o‘tildi.