Bir guruh yoshlar vakillari “Vatanga qasamyod” haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bir guruh vakillari “Vatanga qasamyod” haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.

Ma’lumot o‘rnida... “Vatanga qasamyod” haykali yosh avlodni Vatanga sadoqatli, kuchli va mustahkam fe’l-atvor egalari qilib tarbiyalashdek olijanob maqsadni ko‘zlaydi.

Bir tizzasi bilan tiz cho‘kib bayroq uchini o‘payotgan dovyurak askar - davlatimiz timsoli, Vatanga har qanday vaqt va har bir joyini qo‘riqlashga qasamyod qiladi. Mehribon ona — mamlakatimiz timsoli, shunday dovyurak o‘g‘ilni o‘stirib, tarbiyalagan va o‘g‘lini oq fotiha berib, omad tilab harbiy xizmatga kuzatmoqda.

Qasamyod qilish — har bir inson hayotida unutilmas lahzalar - haykaltaroshlik majmuasi har bir askar uchun unutilmas kun ramzidir.