Bir murojaat “izidan”
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax tuman Kengashi hamda Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamkorlikda navbatdagi savobli ishni amalga oshirdi.
2017-yil yakunida tuman Kengashiga murojaat kelib tushdi.
Ya’ni, Jizzax davlat pedagogika instituti Fizika- matematika fakulteti 2-bosqich talabasi O‘rol Mamadiyorov oilaviy sharoiti og‘irlashgani sabab shartnoma pulini to‘lashda amaliy yordam so‘radi.
Tuman Kengashi talabaning oilaviy ahvolini o‘rganib, unga haqiqatdan ham yordam kerakligini anglashdi.
Boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari birlashib, fond tashkil etdi.
Ko‘p o‘tmay so‘ralgan mablag‘ yig‘ildi. Kuni-kecha talabaning shartnoma puli to‘lab berildi.
Endilikda O‘rolbekning o‘qishida muammo yo‘q.
- Ittifoq tom ma’noda yoshlarning manfaatini himoya qilishiga ishondim, - deydi u. - Tashkilotning eng faol a’zosi bo‘lib, jamiyatdagi o‘rnimni topaman.
- Qo'shildi: 15.01.2018
- Ko'rishlar: 20
- Chop etish