Birinchi kunda 300 nafar yoshning manfaati himoya qilindi!

Davlatimiz rahbari har bir ma'ruzalarida yoshlarning bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ta'kidlab o'tadilar.

Bu boradagi ishlarda samaradorlikka erishish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tizimda “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash haftaligi” e’lon qilindi.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

Jumladan, Navoiy viloyatida ham ushbu loyihaning birinchi kunida 300 nafar yosh qamrab olindi.

Navoiy shahridagi “Muruvvat”, “Hayot”, “Binokor”, “Amir Temur”, “G‘alabashoh” va “Navbahor”, Navbahor tumanidagi “Yaltiraobod”, “Qizilrabod”, “Qiziltepa”, “Kelachi” hamda Qiziltepa tumanidagi “Kunsurun”, “Husbuddin”, “Demas” mahallalari yoshlari sportning voleybol, basketbol, futbol, vorkaut turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

Bundan tashqari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 50 nafar yoshlar turli to‘garaklarga a’zo qilindi.

Endi ular qiziqishlari bo'yicha 3 oy davomida sport bilan shug‘ullanishadi. Qizlar esa tikuvchilik, pazandachilikning sir-asrorlarini o‘rganishadi.

Loyiha viloyat bo‘ylab davom etmoqda...