"Biz chempion" loyihasi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan "Biz chempion" shiori ostida an‘anaviy Mega sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda oliy ta‘lim muassasalarining talabalari munosib ishtirok etishdi. Samarqand davlat universiteti talabalari 1-o‘rin, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari 2- o‘rin, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari esa 3- o‘ringa loyiq topildi va diplom bilan taqdirlanishdi.
G‘olib jamoa 29-30-iyun sanasida o‘tkaziladigan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

- Bugun jamoamiz bilan birdamlikda raqib jamoalar bilan kurash olib bordik. Ammo haqiqatda kuchli jamoalar tuzilgan ekan. Aytishadiku, "O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil deb" g‘oliblikka erishish oson kechgani yo‘q. Bizni hali oldinda yanada kuchli kurashlar kutib turibdi. Nima bo‘lganda biz xursandmiz. Endi tayyorgarlikdan sustlashmay, harakatda davom etamiz, - deydi Zafar Fayzullayev.
- Qo'shildi: 12.06.2018
- Ko'rishlar: 21
- Chop etish