“Bizni ham eshitadiganlar bor ekan - ku!”
Yurtboshimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalash, ularni milliy ruh asosida voyaga yetkazish, ish bilan ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ham ana shunday ishlarni jadallik bilan olib borish uchun ishlab chiqilgan dastur hisoblanadi. Bugun Sirdaryoda ham mazkur dastur doirasida amaliy ishlar yuqori saviyada olib borilmoqda.

Chekka-chekka qishloqlardagi xonadonlarda muammolar o‘rganilmoqda. Shu kunga qadar ishchi guruh a’zolari 118475 ta uyga ahvol so‘rab kirib, 158901 nafar fuqarolar bilan suhbat qurishdi. Ko‘plab muammolar ko‘rib chiqildi. Bu kabi ishlardan sirdaryoliklar xursand.
– Bizni ham eshitadiganlar bor ekan - ku, oldinlari o‘zimiz rahbariyatga borib, muammolarimizni hal qila olmay qaytardik. Endi uyimizga rahbarlar kelib, shu yerning o‘zida tashvishlarimizni hal qilib berishyapti, - deydi mahalla faollari.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida qilinayotgan ishlar xalq manfaatlarini himoya qilib, fuqarolarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilmoqda.
- Qo'shildi: 02.08.2018
- Ko'rishlar: 29
- Chop etish