Bolalarga quvonch bergan kun

 

 “YOSHLAR-KЕLAJAGIMIZ” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan doimiy xabar olib turish, bir qator o‘g‘il bolalarning xatna to‘ylarini munosib nishonlash maqsadida tumanda joylashgan “Afruz” to‘yxonasida 22-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 10 nafarining Sunnat to‘yi marosimi tashkil etildi.


Sunnat to‘yida tuman hokimi to‘y bolalari bilan bir stolda o‘tirib, ularga o‘z estalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Ushbu  sunnat to‘yi marosimiga mazkur mehribonlik uyining 105 nafar tarbiyalanuvchilari hamda 10 dan ortiq tarbiyachi onalari va mehribonlik uyi rahbariyati taklif etildi.

Tadbirni Chilonzor tuman hokimi D. Xidoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kirish so‘zida Sunnat to‘yi bo‘layotgan bolajonlarni tabriklab,  kelajakda yetuk inson bo‘lib yetishlarini tiladi.Shundan so‘ng, tuman imom xatibi tashrif buyurib, tadbir ishtirokchilariga Ramazon oyida qilinayotgan ezgu amallarning hosiyati, yoshlarning odob-axloq qoidalari, yoshlar tarbiyasi, mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari to‘g‘risida ma’ruza qildi. Tadbir davomida estrada xonandalari, yosh ijrochilar tomonidan bayramona dastur namoyish etildi.
Tadbir yakunida 10 nafar to‘yi nishonlanayotgan bolajonlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Chilonzor tuman Kengashi hamda tuman hokimligi tomomidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.