Buxoroda Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tashabbusi bilan namunali to’y o’tkazildi
Bugun yurtimizda astoydil mehnat qilgan inson o‘zi uchun to‘kis va farovon turmush yarata oladi. Faqat isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasak, dabdabali, serharajat to‘y-tomosha qilmasak, kishi yangi mashina ham oladi, yaxshi uy soladi, chet el sayohatiga ham boradi. Shu vajdan muhtaram yurtboshimizning oilaviy tantanalar, to'ylarni ixcham va kamxarj o‘tkazish bo'yicha bergan takliflariga O’zbekiston yoshlari "Labbay" –deb, javob berdi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tashabbusi bilan «Dilroz” to’yxonasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Davronshoh Kamolov hamda kam ta’minlangan oila vakili Zulfiya Jamolovalarning nikoh to’yi o’tkazildi. Prezidentimiz tomonidan to’ylar haqida bildirilgan takliflarga binoan namunali tarzda o’tgan tantanada 130 nafar yosh-u qari mehmon bo’ldi

- Har bir yigit ulg’aygan sari kamtar, aqli raso qizga uylanishni orzu qiladi, - deydi tanatananing asosiy qahramonlaridan biri, kuyov Davronshoh Kamolov. Lekin hech qachon to’yimda ortiqcha dabdaba, isrofgarchilik bo’lishini istamaganman. Yaqinlar davrasida, sen sevgan va seni sevgan hamfikr do’stlaring bilan quvonchingni baham ko’rish boshqacha hissiyot ekan. Oila – muqaddas dargoh. Uni qanaqadir zeb-ziynat, hashamat ustida qurish to’g’ri emas.

To’y tantanasi juda fayzli o’tdi. Ikki yoshning baxtiga viloyatdagi korxona va tashkilot rahbarlari ham sherik bo’lish bilan bir qatorda, ular tomonidan yosh oilaning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mikroto’lqinli pech, kir yuvish moshinasi, changyutgich kabilar ham sovg’a qilindi. Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tomonidan taqdim etilgan kitoblar esa yoshlarga manzur bo’ldi.

- Qo'shildi: 23.04.2018
- Ko'rishlar: 22
- Chop etish