Delegatsiya o‘zbekistonlik yosh jurnalistlarning «Berliner Woche» gazetasi tahririyatida malaka oshirishi bo‘yicha hamkorlikka erishdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin shahrida «Berlin haftaligi» (Berliner Woche) gazetasi bosh muharriri H.Herold (Helmud Herold) bilan uchrashdi.
«Berlin haftaligi» gazetasi tahririyatidagi uchrashuv mazkur gazeta faoliyatini tahliliy o‘rganishga qaratildi.
Haftada bir marta nashr etiladigan ushbu gazeta 1.5 mln tirajda chiqadi. Berlin aholisi 3.5 mln bo‘lib, deyarli barcha oila, davlat tashkilotlari, elchixonalargacha bepul tarqatiladi. Poytaxt hayotidagi muhim muammolarga, jamoatchilik e’tiborini qaratishda o‘ziga xos tajribaga ega mazkur gazeta mustaqil bo‘lib, reklama evaziga faoliyat yuritadi. Berlin jamoatchiligi orasida katta nufuzga ega nashr umumiy bosma maydonining 40 foiziga reklama materiallari joylashtiriladi…

« Berlin haftaligi» gazetasining onlayn versiyasi ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu ayniqsa, yosh jurnalistlarni poytaxt muammolarini hal qilishga jalb qilishda qo‘l kelmoqda. Gazetaning bolalarga mo‘ljallangan maxsus ilovasi ham chop etiladi.
Delegatsiya tahririyatning ish tajribasini har tomonlama chuqur o‘rganish maqsadida o‘zbekistonlik yosh jurnalistlarni qisqa muddatli malaka oshirishga jalb qilish yuzasidan bergan taklifini mazkur gazeta rahbariyati qabul qildi.
Uni tashkil etish muddatlari va shartlari xususida aniq xulosani ma’lum qilishini bildirdi.
Gazetaning o‘zini o‘zi ta’minlash va nashrni bepul tarqatish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Yoshlar ittifoqi tizimidagi gazeta va jurnallar faoliyatini rivojlantirishda tabiiyki, qo‘l keladi.
Safar davom etmoqda!
- Qo'shildi: 18.01.2018
- Ko'rishlar: 20
- Chop etish