Endi “halol”, “chala”, “yonbosh” so’zlari dunyo arenalarida jarang sochadi
Yurtboshimizning ushbu uchrashuvda sport sohasidagi yutuqlar haqida alohida to’xtalib o’tganliklari, ayniqsa, milliy kurash o’yinlarini Osiyo o’yinlari dasturlariga kiritilganligini alohida e’tirof etganliklari yosh sportchi sifatida meni g’ururlantirdi.
Prezidentimiz aytganlaridek, endi ona tilimizdagi “halol”, “chala”, “yonbosh” so’zlari dunyo arenalarida jarang sochadi.
Maydonga tushgan har bir kurashchi, dunyoning qaysi chetida bo’lmasin, ona tilida yangragan so’zni tinglab g’alaba qozonishi aniq.
Bizning mamlakatda bo’lajak, Beruniy, Xorazmiylar ulg’aymoqda, tarbiya olmoqda, degan e’tirof esa kirib kelayotgan yilda har bir yoshning ulug’ ajdodlar nomiga munosib avlod bo’lishi uchun doimiy da’vat bo’ladi. Bundan buyon qachon musobaqaga chiqsam, ushbu so’zlarni eslayman!
Sadriddin Saymatov,
Germaniyada bo’lib o’tgan Jahon karate Federatsiyasining 60 kg vazn toifasida “Jahonning eng yaxshi sportchisi” deya tan olingan.
- Qo'shildi: 22.12.2017
- Ko'rishlar: 15
- Chop etish