Ezgu ishlar davom etadi...

Buxoro viloyati Vobkent tumani imkoniyati cheklangan va  ehtiyojmand oila farzandi Husen G’aybullayev. Bugun uning orzulari ushalgan kun. 


Tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi Vobkent tuman Kengashi va bir qator tashkilotlar hamkorligida  Husen G’aybullayevni tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. 
Shu bilan bir qatorda Yoshlar ittifoq   Tuman Kengashi tomonidan nogironlik aravachasi sovg’a qilindi.


— Ota-onamning aravacha olib berishga qurbi yetmasligi sabab, ular ham doim qiynalishar edi.  Shu davrlarda men ko’chaga chiqolmasligimdan qiynalardim. Endi men ham hech kimdan yordam olmasdan ko‘chaga chiqa olaman.Bu kun men va ota-onam uchun unutilmas kun bo’ldi!, - deydi Husen G’aybullayev.


Shu bilan bir qatordan, Husenjon “Kamlak” bolalar tashkilotiga a’zo qilindi. Bu kunni qahramonimiz hech qachon unutmaydi!