Farg‘ona: Yoshlar muammosi — mamlakat muammosi!

Shu sabab ularni bartaraf etish uchun tizimdagi aksar Yetakchilar ish stoli yonida emas!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, Marg‘ilon shahar Kengashi raisi, shahar Kengashi koordinatori Ishchi guruh tarkibida turli jinoyatlarni sodir etgan va JIEMdan qaytgan yoshlarning xonadonlariga birma-bir, hech birini nazardan chetda qoldirmay kirib, ularning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganmoqda.

Yoshlarning turmush tarzi, sharoitlari, muammolari, moddiy ahvoli, ishsizlik darajasi, mavjud tomorqadan foydalanish imkoniyati tahlil qilinmoqda.

O‘rganishlar davomida yoshlarning ba’zilari ta’lim tizimiga qaytarildi.

Ishsiz yoshlarga mutaxassisligi va imkoniyatidan kelib chiqib, hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya etildi.

Yoshlar bilan o‘tkazilgan samimiy suhbatlarda ular Yurtboshimiz olib borayotgan siyosatdan nihoyatda mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Amaliy ishlar davom etadi. Har bir yoshning taqdiri — O‘zbekiston kelajagi uchun ahamiyatli!