“Global tadbirkorlik haftaligi”ning spikerlari Samarqandda! Hademay mahorat darsi boshlanadi
Avval xabar berganimizdek, Respublikamizda ayni kunlarda «Global tadbirkorlik haftaligi» o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlar bilan yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari shakllantiriladi.

Bugun shunday uchrashuvlar Samarqand viloyatida start oldi. Viloyatga Murod Nazarov, Hikmat Abdurahmonov, Ulug’bek Hojiahmedov, Akmalxon Alimxonov tashrif buyurdi.

Dastlab spikerlar “Registon-Kamoljon” xususiy korxonasining ochilish marosimiga tashrif buyurdi. Yoshlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Mehmonlar yangi tadbirkorga kerakli tavsiyalarni berib o‘tdi. Shundan so‘ng, ular "Sam Antep Gilam" zavodida bo‘lishdi. Yoshlarga o‘z shaxsiy biznesini tashkil etish borasida yo'l-yo'riq ko'rsatildi.

Hademay, “Muvaffaqqiyatga erishish sirlari” mahorat darslari start oladi. Bizni kuzatishda davom eting.
- Qo'shildi: 19.11.2017
- Ko'rishlar: 38
- Chop etish