“Har bir fermerga bir yosh” loyihasi amalda!
“Yoshlar – kelajagimiz” dasturiga asosan O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan “Har bir fermerga bitta yosh” loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Ushbu loyihani samarali tashkil etish maqsadida hududdagi har bir fermer xo‘jaligiga bitta yoshni biriktirib, unga g‘alladan bo‘shagan yer maydonidan bir gektar berish va takroriy ekin ekishiga ko‘maklashish belgilangan.
Shu maqsadda viloyatning barcha tuman, shaharlarida band bo‘lmagan yoshlarni fermer xo‘jaliklariga biriktirish hamda mavsumiy yer maydonlarini ajratib berish yuzasidan tuman, shahar va viloyat shtabi tashkil etildi. Shtablarda mutasaddi tashkilotlar tashabbusi bilan o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi “Ixtiyor SMIT” fermer xo‘jaligi dala shiyponida viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi hamkorligida “Xar bir fermerga bir yosh” loyihasi doirasida o‘quv-seminar tashkil qilindi.

Mazkur seminarda ishtirok etgan qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari yoshlarga, takroriy ekin ekishdagi agrotexnik amallarni o‘z vaqtida bajarish, yerni ekin uchun tayyorlash, urug‘ navlarini tanlash, o‘simliklarini o‘g‘itlantirish va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat prokurori va tuman hokimi yoshlarning muammolari, takliflari, hozirgi kunda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini ta’kidlab o‘tdi.

Seminar yakunida “Ixtiyor SMIT” fermer xo‘jaligi tomonidan hududda istiqomat qiluvchi Abdurahmon Isaqovga 1 gektar yer maydonida 0.5 gektar mosh, 0.5 gektar loviya ekinlarini ekish uchun yer ajratib berildi.
- Qo'shildi: 06.08.2018
- Ko'rishlar: 25
- Chop etish