Hokim va Yetakchi imkoniyati cheklangan yoshlar holidan xabar oldi!
Bolalarni qancha suysak, g‘amxo‘rlik ko‘rsatsak oz. Ayniqsa, imkoni cheklangan bolajonlar atrofdagilardan ko‘proq mehr istashadi. E’tiborda bo‘lish orqali o‘zlarini baxtli his etishadi.
Kuni-kecha “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Jo‘qorg‘i Kenges deputati Abat Daniyarov va Nukus tumani hokimi Ajiniyaz Seytaxov Nukus tumanidagi ana shunday mehrga tashna yoshlar bilan uchrashdi.

Hokim va Yetakchi birgalikda tumandagi “Qrantau” OFY Sho‘rtanbay ovulida yashovchi 7 yashar Salamat Hikmetullayevga hamda “Aqterek” MFY Qrantau ovulida istiqomat qiluvchi 10 yashar O‘rinbasar Annaqulovga nogironlik aravachalarini topshirishdi. Berilgan e’tibordan va farzandlarining quvonchidan ota-onalari o‘z hissiyotlarini yashira olishmadi.

Berilgan e’tibordan va farzandlarining quvonchidan ota-onalari o‘z hissiyotlarini yashira olishmadi va minnatdorchiliklarini bildirib o‘tishdi.
- Qo'shildi: 06.06.2018
- Ko'rishlar: 15
- Chop etish