Ijtimoiy himoya: “Televizordan Sardorlarni ko‘rsatishadi. Men ham Sardor bo‘la olamanmi?”...
Zomin tumanidagi Pshag‘or qishlog‘i, Soychi mahallasida yashaydigan Mirzonboy Ergashev uyda ta’lim oladi.
Jizzax viloyati Kengashi raisi kuni-kecha Mirzonboyni yo‘qlab, u yashayotgan xonadonga bordi.
Og‘ir xastalikka chalingan yigitchaning ruhiyati biroz singan.
Yoshlar yetakchisi u bilan samimiy muloqot qildi. Orzulari haqida so‘radi. Ko‘proq nimani istashini bilgisi keldi.
— Televizordan Sardorlarni ko‘rsatishadi. Men ham Sardor bo‘lishni xohlayman, — dedi u. Shu zahoti Mirzonboy “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zoligiga qabul qilinib, unga ko‘krak nishoni taqib qo‘yildi.
— Yana bir orzuim bor, — dedi yigitcha. — Maqolalarim, she’rlarim bor. Shularni gazetalarga chiqarib bering. Gazetaga chiqqan she’rlarimni onam o‘qishlarini xohlayman.
Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi bo‘lg‘usi jurnalistning maqola va she’rlarini olib, gazetaga chiqarib, unga jo‘natishga va’da berdi. Yigitchaning ta’lim olishi mahalladagi ta’lim muassasasi yetakchisiga biriktirib qo‘yildi.
— Katta bo‘lsam, zo‘r jurnalist bo‘laman, — dedi xayrlashar chog‘da Mirzonboy.
Ilohim, aytganing kelsin, bolajon!
- Qo'shildi: 23.01.2018
- Ko'rishlar: 19
- Chop etish