Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Respublika markazi bolajonlarga quvonch hadya etdi!
Вolaning quvonchiga sabab bo‘lish insonni beg‘ubor olamga yetaklaydi
“1-iyun – Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Respublika markazi tomonidan bir qator bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, 2-iyun kuni Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Respublika markazi “Vremya Chudes” va “Happy House” hamkorligida Sergili tumanida joylashgan “Dur”milliy taomlar kafesida “1-iyun – Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalariga bayram dasturi tashkil etildi.
Unda 60 nafar imkoniyati cheklangan bolajon ishtirok etdi. Mehr bilan tuzalgan bayramona dasturxon bolajonlarga quvonch ulashdi. Multfilm qahramonlari esa beg‘ubor olam vakillarini mo‘jizalar olamiga yetakladi. Shuningdek, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ayni shu kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Alisher Navoiy gulshani nomli milliy bog‘da boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun bayram bo‘lib o‘tgan bayram dasturida Ko‘ngillilar bilan ishlash bo‘limi koordinatori Jamshid Nosirov ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolajonlarni ruhiyatini ko‘tarish maqsadida turli xil ko‘ngilochar o‘yinlar tashkillashtirildi va 150 nafar bolaga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram dasturlari 3-iyun kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Majnuntol” restoranida davom etdi. Ko‘ngillilar bilan ishlash bo‘lim koordinatori mazkur tadbirda ham faol ishtirok etdi.
Bolajonlar bayramlari mahallalarda ham o‘tkazildi. Jumladan, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Respublika markazi hamda Buyuk Ipak yo‘li mahallasi hamkorligida bolajonlar uchun sport musobaqalari uyushtirildi va musobaqada g‘olib bo‘lgan 20 nafar bola “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari bolajonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
- Qo'shildi: 07.06.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish