“Ittifoq farzandlari” jamoasi g`olib bo`ldi
Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tashabbusi bilan “Xalqlar do’stligi” ko’chasida joylashgan “Mardikor bozori”dagi uyushmagan yoshlar ishtirokida futbol musobaqasi bo’lib o’tdi.

Yoshlarni jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, futbolga qiziqishini oshirish, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga doimiy jalb qilish va ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, futbolni yanada rivojlanishiga ko’maklashish va uyushmagan yoshlarni Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo’shishlari uchun zamin yaratish maqsadida o`tkazilgan musobaqada yoshlar ikki jamoaga ajralishdi.

Ular “Ittifoq farzandlari” hamda “O’zbekiston yoshlari” jamoalari sifatida maydonga kirdilar.
Shundan so‘ng, qizg‘in va murosasiz o‘yin boshlandi. Ketma-ket qilingan hujumlar, munosib himoya o‘yinni yanada qiziqarli o‘tishiga zamin bo'ldi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, “Ittifoq farzandlari” jamoasi “O’zbekiston yoshlari” jamoasini 3:0 hisobiga mag‘lub qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib hamda sovrindorlar Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
- Qo'shildi: 11.06.2018
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish