“Jasorat” klublari endilikda butun respublika bo'yicha faoliyat yuritadi!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi qoshida “Jasorat” klubi faoliyat olib bormoqda.
Klub a'zolari soni 200 nafardan oshgan. Ularning asosiy vazifasi — ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, turli tadbirlar orqali yoshlar o'rtasidagi noxush holatlarning oldini olish hisoblanadi.
— Siz kabi yigitlar bugun yoshlar ittifoqi safida birlashsa, biz maqsadimizga erishgan bo'lamiz. “Jasorat” klublari endilikda butun Respublika bo'ylab faoliyat olib boradi. O'ylaymanki, ko'plab yigitlarimiz siz kabi bu klublarga a’zo bo’ladilar, — dedi klub a’zolari bilan bo'lgan suhbat davomida Qahramon Quronboyev.
- Qo'shildi: 13.12.2017
- Ko'rishlar: 15
- Chop etish