Jizzax viloyatida “Bahor taronalari” estrada shou konserti bo’lib o’tdi.

Madaniy hordiq olish, oilaviy konsert dasturlariga borish, sayr qilish ham odam organizimida qon aylanishi hamda ruhiyatni ko’tarilishiga katta sabab bo’ladi.

Kuni kecha, O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazrligi, “O’zbekkonsert” davlat muassasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida “Bahor taronalari” estrada shou konserti tashkil etildi.

 Shou konsert dasturida viloyatimizning barcha tumnalaridan kelgan yoshlar, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ham ishtirok etdi. Shuningdek muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan har bir  viloyatda tashkil etilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida Mirzacho’l tumanida bo’layotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh “Fidoyi yosh qizlar”imiz ham ushbu konsert dasturidan bahramand bo’lishdi.

“Sug’diyona” o’yingohida bo’lib o’tgan konsert dasturida estradamizning yorqin yulduzlari o’zining sho’x qo’shiqlari bilan yig’ilganlarni xushnud qildi.

—Konsert ajoyib o’tayapti, mazza qilib madaniy hordiq olyapmiz, dugonalarim ham xursand. Mana shunday konsertlar chekka hududlarda ham ko’proq tashkil qilinsa ajoyib ish bo’lardi, deydi Shaxlo Usmonova.