Jizzaxda “Baxtli bolalik” loyihasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda!
Yiqilganni suyash, imkonsizlarga yordam qo‘lini cho‘zish xalqimizning go‘zal an’analaridan. Odamlarning bir-birlariga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari o‘zbek fazilatini yana bir bor namoyon etadi. Jizzax viloyatida ham “Yoshlar oyligi” davomida “Baxtli bolalik” loyihasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Loyiha doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi G‘allaorol tuman Kengashi savobli ishga qo‘l o‘rdi. Tumandagi “Marjonbuloq” SHFY ning “Navoiy” hamda “Navro‘z” mahallalarida istiqomat qiluvchi Mavluda Usmonqulova va Zarina Omonovalar holidan xabar olindi.

Imkoniyati cheklangan bu yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman ichki ishlar bo‘limi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan nogironlik aravachasi, esdalik sovg‘alari va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi. Yoshlarni faol hayotga chaqirish, ularga amaliy yordam berish maqsadida tashkil etilgan mazkur loyiha viloyat yoshlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirmoqda!
Ularga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va IIB, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar oyligi” doirasida nogironlik aravachasi, esdalik sovg‘alar va kitoblar jamlanmalari taqdim etildi. “Baxtli bolalik” deb nomlangan loyiha tuman yoshlarini o‘z atrofiga birlashtirdi.
- Qo'shildi: 06.06.2018
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish