Jomboy tumanida kovorking markazi qurilishi boshlandi
“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining qarori qabul qilinib, mazkur qaror asosida tuman prokurori boshchiligidagi Shtab hamda 38 ta ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, mehnat kuchi yuqori bo‘lgan tuman markazidagi Shukur Burhonov ko‘chasida xususiy tadbirkorlar Husniddin Ergashev va Farruh Qosimovlar tomonidan “Yoshlar mehnat guzari” hamda kovorking markazi uchun binolar qurilmoqda.

Mazkur binolarning 1-qavatidagi 10 dan ortiq xonalar kelgusida yosh tadbirkorlarga imtiyozli ijara shartnomasi asosida (birinchi yil oyiga 30.000 so‘m, ikkinchi yilga eng kam oylik ish haqqining bir barobari miqdorida) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun beriladi.
Bundan tashqari, binolarning 2-qavatlarida tikuv sexlari tashkil etilib, kamida 15 nafar yoshlarning bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan. Yoshlar kovorking markazi ham binolarning 2-qavatiga joylashtiriladi.

Quriladigan markazlar Jomboy maishiy xizmat kasb-hunar kolleji, tuman Yoshlar ittifoqi binosi hamda tuman sport majmuasi bilan tutashib ketganligini hisobga olsak, kelgusida ushbu markaz yoshlarning o‘z kelajagini o‘zlari qurishlari uchun maydon bo‘ladigan tadbirkorlik markazi bo‘lishiga shubha yo‘q.
- Qo'shildi: 03.08.2018
- Ko'rishlar: 19
- Chop etish