Jondorlik Elbek ham faol ijtimoiy hayotga qaytdi!

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi Elbek Jumayev yaqinda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan avf etildi. Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jondor tuman Kengashi vakillari Elbekning xonadoniga kirib borishdi

Tashrif davomida Elbekning oilaviy sharoiti, uning muammolari, kelgusi rejalari haqida samimiy suhbat qurildi.

—Muhtaram yurtboshimizga ming rahmat, —deydi Elbek Jumayev. —Gunohimni kechirib, meni avf etdilar. Qaytganimdan so‘ng, ishga joylashish biroz muammo bo‘ldi. To‘g‘ri, turli tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etishdi. Lekin, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, ishga joylasholmadim. Bugun esa Yoshlar ittifoqi mening muammolarim bilan qiziqib, juda xursand qildi. Rostini aytganda, sening xol-ahvolingdan xabar olishlari, muammolaring bilan qiziqishlari, bartaraf etish uchun sendanda ko‘proq harakat qilishlari... ochig‘i ko‘zimga yosh keldi. Shukur, mana shunday osuda, odamlari bir-biriga mehribon, inson qadri — eng oliy qadriyat hisoblangan yurtda yashayapmiz. Bundan juda xursandman.

Elbek Jumayev Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tuman obodonlashtirish bo‘limiga ishga joylashtirildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi!