“Kamalak” bilimdonlari”: Buxoro viloyatida 68117 nafar bolajon iste'dodini namoyish etdi!

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi minglab iste’dodlarni kashf etilishida shu bilan birgalikda, bolalar o‘rtasida uchrayotgan muammolarga yechim bo‘la oladigan ijtimoiy loyihalarning amalda qo‘llanilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilda ham mazkur tanlov Buxoro viloyatida ko‘tarinki ruhda, qizg’in bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi.

Tanlovning quyi bosqichlarida 9731 ta jamoa jami, 68117 nafar bolajon ishtirok etgan bo‘lsa, ular orasidan saralangan 13 ta jamoa viloyat bosqichiga yetib keldi.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

Buxoro yoshlar markazida o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichi chinakamiga bilimlar maydoniga aylandi.

“Kamalak” a’zosiman”, “Kamalak” bilimdonlari”, “Men orzu qilgan “Kamalak” bolalar tashkiloti, “A’lochilar bellashganda” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashgan jamoalar shartlar davomida intellektual salohiyatlari, iqtidor va iste’dodlarini namoyish etishdi.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

- Tanlovga har bir jamoaning zo‘r tayyorgarlik bilan kelgani bizni juda quvontirdi, - deydi viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Madina Baratova. - O‘tgan yillarda jamoalarni past ball bilan baholash holatlari ko‘p uchrar edi. Chunki tayyorgarlik, salohiyat shunga yarasha bo‘lgan. Lekin bugungi tanlov o‘tgan yildagilardan tubdan farq qiladi. Ma’suliyat va qiziqish oshgan. Jamoalar bir-biridan zo‘r. G’olib jamoani aniqlash hakamlar hay’ati uchun qiyin kechdi. Yana bir alohida jihati shundaki, tanlovga jamoa a’zolari bilan bir qatorda, maktab rahbariyati, direktor va uning o‘rinbosarlari ham tayyorgarlik ko‘rishgan. Har bir masalada qo‘llab-quvvatlashgan. Bu esa tanlov nufuzi oshayotganidan darak.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Shofirkon tumanining “Parvozdagi kabutarlar” jamoasi 1-o‘rinni, Buxoro shahrining “Bunyodkor yoshlar” jamoasi 2-o‘rinni, Vobkent tumanining “Ittifoq izdoshlari” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ishtirokchilarga eng qimmatli sovg’a – kitoblar jamlanmasi taqdim etildi