“Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyat bosqichi o'tkazildi

“Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyat bosqichi Payariq tumanida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
16 ta jamoa birinchilik uchun kurash olib bordi. Tanlovga har bir jamoa yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rib kelganligi, ishtirokchilarning harakatchan va bilimga chanqoqligi hakamlar hay’atini shoshirib quydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barcha ishtirokchilar jiddiy tayyorgarlik ko‘rganligini ularning sahna chiqishidan tortib, savol-javob shartidagi ishtirokigacha bilib olish mumkin edi. Eng ajoyibi esa, ishtirokchilarning ust boshiga ham alohida e’tibor bilan jamoa nomi bilan moslangan mahsus kiyimlari barchani lol qoldirdi. Masalan, Payariq tumanining “Kamalak magistlari”, Oqdaryo tumanining “Kamalak gullari”, Kattaqo‘rg‘on tumanining “Kamalak jilosi” jamoalarining kiyimlari jamoa nomi bilan uyg‘unlikda edi. 


Urgut tumanidan kelgan “Porloq yulduzchalar” eng kichik bolalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning beg‘uborligi, samimiyligi va nomiga mos porlab turgan ko‘zlari bilan barchaning olqishlariga sabab bo‘ldi.

 


- Bugungi tanlov boshqalaridan ishtirokchilarining kichikligi va beg‘uborligi bilan ajralib turibdi. Tanlovda ishtirok etayotgan barcha jamoa a’zolariga g‘alaba emas, ishtirok asosiysi ekanligini isbotlab berishdi, - deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Ra’no Umarova. 


“Kamalak bilimdonlari” Samarqand viloyat bosqichida 3-o‘rinni Urgut tumanining “Porloq yulduzchalari”, Nurobot tumanining “Kamalak yog‘dusi” jamolariga nasib qildi.

2-o‘rin Payariq tumanining “Kamalak magistri” jamoasiga nasib qildi. 
1-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahrining “Kamalak jilolari” jamoasiga nasib qildi.


Ushbu tanlovda shu bilan birga oliy o‘rin ham berildi. Bunga Toyloq tumanining “Shijoat” jamoasining yoshlari munosib ko‘rildi. 
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa endilikda Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.