"Kamalak"ka a'zoman" loyihasi davom etmoqda
O'zbekiston yoshlar ittifoqi va "Kamalak" bolalar tashkilotiga a'zolik marosimi yoshlar o'rtasida xuddi bir bayramdek taassurot qoldirgan. Albatta, yorqin kelajak uchun qadam qo'yishni bayramga tenglashtirish tabiiy hol.

Bugun ham viloyat Sardorlar Kengashi yoshlarni a'zolikka chorlashda yangi tashabbusga qo'l urdi. "Kamalak"ka a'zoman" loyihasi ostida shahar bo'ylab avtobusda harakatlanishdi. Yo'l bo'yi ko'cha kezib yurgan yoshlarga tashkilotga a'zolikning afzalliklari to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Qisqa fursat ichida ko'pchilik tomonidan qiziqish bildirildi, ko'p sonli yoshlar a'zolikka qabul qilindi.

Loyihaning yana bir e'tiborli jihati shundaki, endigina dunyoga kelgan, bugun ota-onasi bag'rida uyiga yo'l olgan Muhammadhoji ham otasining istagiga binoan tashkilot a'zoligiga qabul qilindi.

- Bugun oilamizning yangi mehmonini tug'ruqxonadan uyga olib ketish taraddudi bilan yurgan edim, - deydi baxtdan ko'zlari porlagan ota Jamshid Hojiyev. Tasodifan yosh bolalarga, ya'ni Sardorlarga ko'zim tushdi. Ularning loyihasi menda katta qiziqish uyg'otdi. Pahlavonimizni ham hozirdanoq tashkilot a'zosi bo'lishini, bugundanoq jamiyat taqdiriga daxldorlik hissi bilan ulg'ayishini xohladim. Tarbiya ona qornidan boshlanganidek, faollik, Vatanni sevish hissi ham mana shunday go'daklik davridanoq shakllanadi.
Loyiha viloyat bo'ylab davom etmoqda.
- Qo'shildi: 08.06.2018
- Ko'rishlar: 26
- Chop etish