Keksa va qariyalarni e’zozlash hamda ularga ko’mak berish azaliy qadriyatlarimizdandir

“Xonadoningizda keksa odam bormi?  Baxtli ekansiz? Dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz, shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o’ylab, taskin topasiz”. 

Yozuvchining ikki misra so’zida olam-olam ma’no mavjud. 

Keksa va qariyalarni e’zozlash va ardog’lash hamda ularga ko’mak berish azal-azaldan xalqimizning ajralmas bir bo’lagi bo’lib kelmoqda.
Azaliy udumni davom ettirish maqsadida, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tomonidan  Buxoro shahar Mirakon  ko’chasi 89-uyda istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi front orti qatnashchisi 97 bahorni qarshilagan Aminjon Axmedjonov holidan xabar oldi. Shu bilan bir qatorda uy-ro’zg’or ishlariga ko’mak berdilar.