Kelgusida “Yoshlar” tarifi abonentlariga tashkilotning barcha yangiliklari sms tarzida yuborilishi yo‘lga qo‘yiladi

Avval xabar berganimizdek, mobil aloqa operatori tomonidan yoshlarga taqdim etilayotgan “Yoshlar” tarifiga atigi oyiga 5000 so‘m abonent to‘lovini to‘lab, tarif ichida bepul muloqot qilish imkoni yaratilgan.

Yoshlar ushbu tarif rejasiga ulanishlari uchun reg.yi.uz sayti orqali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lishlari talab etiladi.

Ushbu ta’rifning afzallik jihatlari hamda brifingda ko‘tarilgan masalalar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

Aytgancha, mobil aloqa operatori kelgusida ushbu ta’rif doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatiga doir barcha xabarlarni sms tarzida abonentga yetkazilishi bo‘yicha ish olib borilayotganini ma’lum qildi.