Kichik yo'lboshchining — katta imkoniyati
Shu bir oy tom ma’noda, uning fidoyiligini, vatanparvarligini atrofidagilar anglashi uchun yetarli bo‘ldi.
Faoliyati davomida umid va ishonch bilan kelgan 15 nafar yosh tadbirkorga faoliyatda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda yaqindan ko‘mak berdi.
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan 10 nafardan ortiq yoshga ham moddiy, ham ma’naviy ko‘mak berdi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida yaqin kunlarda ishga tushishi rejalashtirilgan "Tillo Domor" xususiy korxonasida yaratilishi kutilayotgan 75 ta ish o‘rniga ish so‘rab kelgan yoshlarning 15 nafarini ishga joyladi.
Yosh tadbirkorlar konsultativ markazida faoliyati boshlanganiga qisqa muddat bo‘lgan Islombek kelgusida yuzlab yoshlarga o‘z yordamini berishda qodir.
Zero, xalq boy bo‘sa — davlat boy bo‘ladi!
- Qo'shildi: 03.11.2017
- Ko'rishlar: 78
- Chop etish