Kuch tuzilmalari o‘rtasida “Yoshlar kubogi” musobaqasi tashkil etildi

Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi va hamkor tashkilotlar tomonidan Qurolli kuchlar tizimidagi vazirlik, boshqarma va bo'lim xodimlari orasida sportning mini futbol turi bo'yicha “Yoshlar kubogi” sport musobaqasi o'tkazildi.

Musobaqani O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi M.Kamalov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

 

Ikki kun davom etgan bellashuvlar yakuninda:

1-o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 

2-o'rin O'zbeksdan Respublikasi Milliy gvardiyası Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi

3-o'rin Ichki ishlar vazirligiga qarashli Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash harbiy bo'limi jamoalari egalladi.

 

G'oliblar esdalik sovg'alari va musobaqaning maxsus kubogi bilan taqdirlandi.