Latviya va O‘zbekiston yoshlar masalasida hamkorlik qiladi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bugungi kunga qadar qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlikka erishdi.
Bu avvalo, o‘zbekistonlik yoshlarning dunyo ko‘rishi, tajriba o‘rganishi, xorijiy davlatlarning taraqqiyot darajasini tahlil qilishi va ilmiy salohiyatini oshirishi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kuni-kecha ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga Latviya Respublikasining favqulotda va muxtor elchisi Mixails Popkovs tashrif buyurdi.
Martabali mehmonni Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov qabul qildi.
Uchrashuv davomida yoshlar siyosati, madaniy aloqalar, ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tashkil etishga doir hamkorlikning ustuvor masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, elchi janoblari Latviya Respublikasi elchixonasining O‘zbekiston Respublikasidagi mavqeini oshirish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Latviyaning yoshlar tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni taklif etdi.
Qolaversa, Yoshlar Simfonik orkestrining Latviya Respublikasi mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan uyushtiriladigan bayram konsertida ishtirok etishi ma’lum qilindi.
O‘z navbatida K.Beknazarov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Yoshlar ittifoqi Latviya davlati bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.
- Qo'shildi: 22.01.2018
- Ko'rishlar: 24
- Chop etish