Mahallaning yoshlarga e`tibori

Mazkur sa’y-harakatlardan ko’zlangan maqsad faqatgina farzandlarimiz yurish-turishini nazorat ostiga olish, ta’lim-tarbiya borasida loqaydlik va beparvolik kabi holatlarga chek qo’yish, shuningdek, voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar  va jinoyatlarning oldini olishdir. 

Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Joylarda maxsus hisobga olingan fuqarolarning turmush sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, muammolarini o’rganish, ushbu toifa shaxslar nega radikallashib ketganining sabablarini har tomonlama chuqur tahlil etish lozim. Ana shu ishlarning natijalari bo’yicha davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida qo’llash uchun aniq tavsiya va takliflar ishlab chiqishni bugun hayotning o’zi talab etmoqda”.