Markaziy Kengash raisi o‘rinbosarlari hududiy Kengashlar faoliyatiga amaliy ko‘mak berish maqsadida eng quyi bo‘g‘inlarda ish boshladi

Bugun Buxoro viloyati Yoshlar markazida hududdagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar, hududiy hamda mahalliy “Kamalak” bolalar tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadiga Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Murod Zufarov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish kunning eng muhim vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Qolaversa, yig‘ilishda hududdagi yoshlar muammolarini bartaraf etish, avf etilgan yoshlarning xonadonlarida bo‘lish, darslarga surunkali qatnashmayotgan o‘quvchilarning uylariga borib, mazkur muammoli holatlarning kelib chiqish sabablariga oydinlik kiritish va bartaraf etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida viloyat Kengashi raisi Zarif Komilov belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ul xodimlarning javobgarligini belgiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, amaliy ishlar boshlandi! Jarayon haqida ma’lumotlar berib boramiz...