Mashhur AQSHlik ekspert o‘zbek yoshlariga bepul master-klass o‘tmoqda!
Yoshlar ittifoqi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yil davomida AQSH, Gollandiya, Italiya, Germaniyadan ekspertlarning master-klaslarini tashkil etadi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi hamkorligida zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha dunyoning eng mashhur ekspertlaridan biri o‘zbek yoshlariga master-klass o‘tmoqda.
Respublikamizda bog‘dorchilikka qiziqqan fermer va tomorqa egalariga bog‘ uchun joy tanlash va yangi bog‘larni tashkil etish, tuproq unumdorligini oshirish va o‘g‘itlardan unumli foydalanish, bog‘ yuzasiga to‘g‘ri ishlov berish changlanish va uning foydasi, mevalarni toqalash, daraxtlarni ortiqcha yuklanishi oldini olish, meva terish jaraѐnini avtomatlashtirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar bermoqda.
Ushbu maste-klaslarni zamonaviy mevali bog‘lar yaratish bo‘yicha dunyoning mashhur ekspertlaridan biri — AQSHlik Timoti Mitchal hamda o‘zbek eksperti Umid Sayfutdinov o‘tmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanidagi fermer, bog‘bonlar uchun dastlabki master-klasslar tashkil etildi. Loyiha tashabbuskori O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi raisi S.Qulmirzayevning aytishicha, yosh fermerlarning sohadagi mahoratini oshirish uchun yil davomida AQSH, Gollandiya, Italiya, Germaniya davlatlaridan qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida dunyoga mashhur mutaxassislar ishtirokida master-klasslar o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bo‘lib turgan Timoti Mitchal va mahalliy ekspert Umid Sayfutdinovlar shu oyning 31-yanvariga qadar master-klaslar o‘tkazadi.
Mutlaqo bepul mahorat darslarining keyingi yo‘nalishlari — 15-17-yanvar Qashqadaryo viloyati, 18-19 yanvar Jizzax viloyati, 20-yanvar Sirdaryo viloyati, 21-24-yanvar Farg‘ona viloyati va 25-27-yanvar Namangan viloyatlari! Albatta, ishtirok eting!
Ma’lumot uchun tel: +998903478593, +998909309197
- Qo'shildi: 18.01.2018
- Ko'rishlar: 18
- Chop etish