"Master" loyihasi tashkil qilindi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda “Ishga marxamat” Monomarkazi bilan hamkorlikda “Master” loyihasi tashkil etildi. Loyihada viloyat sardorlari qiziqishlaridan kelib chiqib turli kasb yo‘nalishlariga biriktirildi hamda malakali ustozlardan kasb-hunar sirlarini o‘rganishdi. O‘quvchi yoshlarni tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida kasb-hunarga qiziqtirish hamda turli kasblarning qiziqarli va mashaqqatli jarayonlarini yoshlarga ko‘rsatib berish maqsadida tashkil etilgan loyiha yil davomida davom etadi.
- Qo'shildi: 05.02.2023
- Ko'rishlar: 8
- Chop etish