“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga marhamat!
2018-yilning 25-may kuni Toshkent davlat agrar universitetida O’zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi O’zbekiston yosh fermerlar Kengashining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:
1-sho‘ba: Meva-sabzavot va uzum yetishtirishda intensiv hamda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;
2-sho‘ba: Meva-sabzavot va uzumni qayta ishlashda zamonaviy mini-texnika va innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
3-sho‘ba: Meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini o‘zbek brendi ostida jahon bozoriga eksport qilishning samarali tizimini yaratish;
4-sho‘ba: Meva-sabzavotchilik majmuini integratsion jarayonlar va klaster yondashuvi asosida rivojlantirish.

Konferensiya doirasida “Yosh fermerlar innovatsion rivojlanish yo‘lida” shiori ostida sohaga oid innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarning ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.
Maqsadimiz Respublikamizda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohalaridagi mavjud yutuq va kamchiliklarni o‘rganish orqali sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislar hamda shu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh izlanuvchilarning taklif-tavsiyalarini amaliyotga joriy qilishga erishishdan iborat.
Maqolalar 2018-yilning 15-mayigacha uzyfk@mail.ru elektron pochtasi orqali va Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 60-B uyda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefonlar: +99899 858-54-99, +99899 858-54-88.
- Qo'shildi: 23.04.2018
- Ko'rishlar: 25
- Chop etish