Muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan yoshlar mahalla posboni lavozimiga tayinlandi

Qashqadaryoda yoshlar haftaligi davomida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar masalalari bo‘yicha viloyatning mas’ul rahbarlari ishtirok etib, yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishdi.

Ayni paytda, hududda ko‘pchilik yoshlar ishsiz bo‘lib, turli vajlar bilan tashkilotlar tomonidan hujjatlari rad etilgan ekan.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Xususan, Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi Quvonch Qilichov 1 yillik harbiy xizmatni o‘tab qaytgan. Shundan buyon ishsiz. Mahalla posboni lavozimiga ishga joylashmoqchi bo‘lganida, ish staji yo‘qligi tufayli rad javobini olganini aytdi.

Mutasaddilar vaziyatni o‘rganib, Quvonchning masalasini ijobiy hal etishdi. Shunday qilib, u tez kunlarda mahalla posboni sifatida ish boshlaydigan bo‘ldi.

Tadbir davomida mahallalardagi bo‘sh turgan posbonlik ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, shu yerning o‘zida ko‘pchilik yoshlar ish bilan ta’minlandi. Bunday loyihalar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topib olishiga zamin hozirlashi bilan ahamiyatlidir.