Munosiblar tanlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 18- iyuldagi PQ-3138-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 14- noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-sonli qarori imzolangan.

Mazkur qarorda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilish belgilangan.
Ushbu tanlovning mahalliy bosqichlarida 5492 nafar nomzodning arizalari tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilinib, shundan 815 nafari Yoshlar ittifoqining sardorlari, 1908 nafari Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari hamda 2769 nafari Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarni tashkil etdi. O‘z navbatida tanlovning hududiy bosqichlarida 600 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Respublika komissiyasi tomonidan tanlov nizomiga muvofiq hududiy komissiyalar taqdim etgan 42 nafar nomzodlarning Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qo‘shgan hissasi, tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida e’tibor karatib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 nafardan jami 14 nafar eng munosib yoshlar tanlab olindi.
Saralab olingan 14 nafar eng munosib yoshlarning 3 nafari ittifoq tizimidagi sardorlar, 3 nafari boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari va 8 nafari ittifoq tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarni tashkil etdi. 7- iyun kuni mazkur tanlovda g‘olib chiqqan va Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda imtiyozli tavsiyanomaga munosib ko‘rilgan fidoyi yoshlar bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i – Bahodir Ko‘charov, bosh mutaxassis – Eldor Ahmedov, saralab olingan 14 nafar eng munosib yoshlar hamda Ittifoq faollari qatnashdi.

Muloqot davomida tanlov nizomi, o‘tkazilish tartibi va olib borilgan jarayon xususida fikr-mulohazalar yuritildi.Tadbir so‘ngida
– Ittifoq tizimida 13 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan samarqandlik faol yoshlarimizdan Farangiz Xudoyorova ham tanlab olingan nomzodlar qatorida. “Dastlabki faoliyatim sardorlik vazifasidan boshlangan, keyinchalik hududimizdagi ingliz tili va yoshlar turizmi to‘garaklari rahbari bo‘ldim. 2014 yil ingliz tilini o‘rganuvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan «Step by step” nomli o‘quv qo‘llanmam chop etildi. Ichki turizmni rivojlantirishga hissamni qo‘shishga harakat qilyapman. Besh yil davomida 3 mingga yaqin ekskursiyalarni tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldik. Shu kabi yutuqlarimni hisobga olib, menga mana shunday imkoniyat berilganidan judayam xursandman», – deydi g‘olibamiz
- Qo'shildi: 08.06.2018
- Ko'rishlar: 15
- Chop etish