Muruvvat uyiga muruvvat qo'li cho'zildi: 2 tonna guruch, kartoshka, 500 kg kir yuvish kukuni hamda zaruriy devonxona mollari bolalar uchun hadya qilindi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan o‘zaro hamkorlik asosida 110ta vazirlik, idora va tashkilotlarda Yetakchilar Kengashlari tuzildi va mazkur Kengashlarning raislariga rahbarning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yoki maslahatchisi maqomi berildi.

Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining vazirlik, idora va tashkilotlardagi Yetakchilar Kengashi raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Respublikada ilk bora yo‘lga qo‘yilgan Respublika Yetakchilar Kengashi tomonidan rais R.Karabayev (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi) boshchiligidagi “O‘zbekneftegaz”, Markaziy bank, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, MTRKdagi Yetakchilar Kengashi raislari o‘z faoliyatini savobli ishdan boshladi.

Ular joriy yilning 11-noyabr kuni Olmazor tumanidagi Muruvvat uyiga tashrif buyurishdi hamda u yerdagi bolalar holidan xabar olishdi.

Yetakchilar tomonidan bolalarga qish mavsumi uchun zaxira sifatida 1 tonna guruch, 1 tonna kartoshka, 500 kg kir yuvish kukuni hamda zaruriy devonxona mollari taqdim etildi.

Shuningdek, 1-Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Respublika Yetakchilar Kengashi tomonidan 1-Muruvvat uyiga kelgusida amalga oshiriladigan xayriya tadbirlari belgilab olindi.